date
views 267

Toshkentda yigit o‘z sevgan qizi bilan janjallashib, unga tan jarohati yetkazdi

Toshkentda yigit o‘z sevgan qizi bilan janjallashib, unga tan jarohati yetkazdi
Ijtimoiy tarmoqlarda yosh qiz yigiti tomonidan kaltaklangani haqidagi xabarlar keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Holat bo‘yicha Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi rasmiy ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, voqea joriy yilning 14 aprel kuni taxminan soat 11:50 atrofida poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumani Mirzo Ulug‘bek ko‘chasida sodir bo‘lgan. 2003 yilda tug‘ilgan S.A. o‘zining tanishi, 2006 yilda tug‘ilgan A.J. bilan o‘zaro kelib chiqqan tortishuv natijasida qizga nisbatan kuch ishlatib, unga tan jarohati yetkazgan.

Mazkur voqea ortidan jabrlangan qiz tibbiy yordam so‘rab shifoxonaga murojaat qilgan. Hozirda uning sog‘lig‘i holati yuzasidan ham ko‘rik va tekshiruvlar o‘tkazilmoqda.

Holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi («Bezorilik») bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirgi vaqtda voqeaning barcha tafsilotlarini aniqlash maqsadida tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Huquq-tartibot idoralari yoshlar o‘rtasida bunday holatlarning oldini olish, zo‘ravonlikka qarshi kurashish va jabrlanuvchilar huquqlarini himoya qilishga katta e’tibor qaratmoqda. Keng jamoatchilik va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari ham ushbu holat yuzasidan jiddiy munosabat bildirib, huquqbuzarlikning oldini olish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilishini talab qilishmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda yigit o‘z sevgan qizi bilan janjallashib, unga tan jarohati yetkazdi