O'zbekistonga 197 dengiz toshbaqasini noqonuniy olib kirishga urinishdi
1 daqiqa o'qish481

Qirg'iziston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish va texnik nazorat xizmati xabariga ko'ra, 30 aprel kuni Qirg'izistonning "Do'stlik" chegara nazorati punktida O'zbekiston fuqarosi 197 ta dengiz toshbaqasini noqonuniy ravishda O'zbekistonga olib kirishga uringan. Ushbu shaxsda hayvonlarni olib o'tish uchun zarur hujjatlar mavjud emas edi. Huquqbuzarlik uchun unga nisbatan ma'muriy bayonnoma tuzilib, 20 ming som (taxminan 3 million so'm) miqdorida jarima solindi.
Musodara qilingan toshbaqalar vaqtincha Osh shahridagi Navoiy nomidagi dam olish bog'ida joylashgan xususiy zooparkka topshirildi.
Bundan avvalroq, aprel oyi boshlarida ham shunga o'xshash holat qayd etilgan edi. O'shanda Qirg'iziston fuqarosining ryukzakidan yuzga yaqin dengiz toshbaqasi topilgan. Uning so'zlariga ko'ra, bu hayvonlarni chegaradan olib o'tishni undan O'zbekiston fuqarosi so'ragan.

- #Qirg'iziston Respublikasi
- #O'zbekiston Fuqarosi
- #Dengiz Toshbaqasi
- #Noqonuniy Olib Kirish
- #Huquqbuzarlik
- #Xususiy Zoopark
Maqola sizga yoqdimi?
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar

Izohlar0
…