date
views 346

Rashk oqibati: 6 yil qamoq jazosiga hukm qilindi

Rashk oqibati: 6 yil qamoq jazosiga hukm qilindi
Sirdaryo viloyatida 19 yoshli qiz yigitining xiyonatini bilib qolib, uni pichoqlab o‘ldirishga urindi, deb Nova24.uz xabar berdi. Hodisa Guliston shahrida sodir bo‘lgan.

Qiz rashk oqibatida pichoq olib, yigitiga ikki marotaba tan jarohati yetkazgan. Yigit shifokorlarning tezkor yordami bilan omon qolgan.

Sudda qiz O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 97-25-moddasi 2-qismi “v” bandi (Ayblanuvchi uchun ayon ojiz holatda bo‘lgan shaxsga nisbatan qasddan odam o‘ldirishga suiqasd) bo‘yicha aybdor deb topildi.

Sud jabrlanuvchining ayblanuvchiga da’vosi yo‘qligini inobatga oldi. Qiz 6 yil ozodlikdan mahrum qilindi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Rashk oqibati: 6 yil qamoq jazosiga hukm qilindi