
1-iyun kuni Toshkent shahrida MAN rusumidagi yuk mashinasi yo‘l o‘rtasida yonib ketdi, deb Nova24.uz xabar berdi.
Poytaxt FVB matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, hodisa soat 11:31 da Almazor tumanidagi Toshkent halqa yo‘lida yuz bergan. MAN yuk avtomobilida yong‘in chiqqani haqida xabar tushganidan so‘ng, soat 11:35 da yong‘in-qutqaruv guruhlari voqea joyiga yetib borgan va yong‘in 11:39 da to‘liq bartaraf etilgan.
Voqea oqibatida hech kim jabrlanmagan. Hozirda yong‘inning kelib chiqish sabablari va yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar