Samarqandda ayol 15 yoshli jiyanini 50 mln so‘mga sotmoqchi bo‘ldi

1 daqiqa o'qish2.2K
Samarqandda ayol 15 yoshli jiyanini 50 mln so‘mga sotmoqchi bo‘ldi
Samarqand viloyatida ikki nafar ayol 15 yoshli o‘smirni 50 million so‘mga sotishga uringan, deb xabar bermoqda viloyat IIB matbuot xizmati, deb nova24.uz yozdi.

Voqea Kattaqo‘rg‘on tumanida sodir bo‘lgan. Ichki ishlar organlariga murojaat qilgan ayol, ikki fuqaro voyaga yetmagan bolani sotmoqchi ekanini bildirib, audioyozuvli dalil taqdim etgan.

2025 yil 11 iyun kuni, ushbu ayollar — ulardan biri bolaning to‘g‘ridan-to‘g‘ri holasi — 20 million so‘m olgan vaqtida qo‘lga olingan.

Aniqlanishicha, 15 yoshli bola ota-onasiz qolgan bolalarga yordam beradigan SOS bolalar qishlog‘ida yashab kelgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi (Inson savdosi) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Aybdorlar 15 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. Hozirda tergov ishlari davom etmoqda.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?