Farg‘onada oshxona 2,87 mlrd so‘mlik gaz o‘g‘irlagani aniqlandi

1 daqiqa o'qish173
Farg‘onada oshxona 2,87 mlrd so‘mlik gaz o‘g‘irlagani aniqlandi
Farg‘onada umumiy ovqatlanish nuqtasi 2,87 mlrd so‘mlik tabiiy gazni o‘g‘irlagani aniqlandi, deb UPL.uz xabar berdi.
“O‘zenergoinspeksiya” matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, gaz ta’minotiga yashirincha ulanish holati aniqlangan.

Farg‘ona viloyati “O‘zenergoinspeksiya” boshqarmasi xodimlari boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda nazorat tadbirlari o‘tkazdi. Tadbirlar davomida Dang‘ara tumanida joylashgan “X.Q.K.” xususiy korxonasiga qarashli umumiy ovqatlanish nuqtasi tekshirildi.

Tekshiruv jarayonida oshxona gaz uskunalari hisoblagichdan chetlab o‘tib, yashirin tarzda gaz tarmog‘iga ulanganligi aniqlandi.

Natijada gaz ta’minotchi tashkilotga yetkazilgan zarar miqdori 2 milliard 887 million so‘m deb baholandi.

Yig‘ilgan materiallar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirilgan. Hozirda tergovoldi surishtiruvi olib borilmoqda.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?