O‘zbekistonlik ayol 41 kg sochni yashirincha olib kirishga urindi

1 daqiqa o'qish410
O‘zbekistonlik ayol 41 kg sochni yashirincha olib kirishga urindi
O‘zbekistonlik ayol Volgogradga 41 kg inson sochini olib kirishga urindi, deb Kursiv.media xabar berdi.
Volgograddagi Gumrak aeroportida 37 yoshli O‘zbekiston fuqarosidan katta miqdorda inson sochlari olib qo‘yildi. Ayol Dubaydan uchib kelgan va bojxonadagi “yashil koridor” orqali ikki chamadon bilan hech qanday deklaratsiyasiz o‘tishga harakat qilgan.

Tekshiruv chog‘ida bojxona xodimlari uning bagajidan 222 bog‘lama tabiiy inson sochi topgan. Ularning umumiy og‘irligi 40,9 kg ni tashkil etgan. Ekspertiza ma’lumotlariga ko‘ra, yukning qiymati 4,3 million rubl (taxminan 5,5 ming dollar) bo‘lgan.

O‘zbekistonlik ayol sochlarni Moskvadagi go‘zallik salonida ishlatmoqchi bo‘lganini, lekin deklaratsiya topshirish zarurligini bilmaganini aytgan.

Volgogradning Dzerjinsk tumani sudi ushbu tovarni ma’muriy huquqbuzarlik sifatida davlat foydasiga musodara qilishga qaror chiqardi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?