Turkiyalik erkak o‘zbekistonlik xotinidan 30 million lira zarar ko‘rganini aytmoqda

Turkiyalik erkak o‘zbekistonlik xotinidan 30 million lira zarar ko‘rganini aytmoqda

Turkiya fuqarosi Mehmet Yilmaz o‘zbekistonlik turmush o‘rtog‘i uni aldab, 30 million turk lirasi­dan ortiq moddiy zarar yetkazganini iddao qildi. Erkak ayol ustidan shikoyat qilib, uni hibsga olish va mol-mulkini qaytarishni talab qilmoqda.

Turkiyaning Habertürk nashri xabar berishicha, Mehmet Yilmaz Istanbulda tanishgan o‘zbekistonlik ayol bilan turmush qurgan. Uning da’vosiga ko‘ra, ayol uni O‘zbekistonda turli uy-joylarni sotib olishga ko‘ndirgan va natijada u katta miqdorda mablag‘ yo‘qotgan.

Erkakning aytishicha, yetkazilgan zarar 30 million turk lirasidan oshadi. U mol-mulkini qaytarishni hamda ayolning hibsga olinishini so‘ramoqda. Shuningdek, u ayoldan boshqa kishilar ham jabrlanganini da’vo qilgan.

Biroq hozircha erkakning ayblovlari sud yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tasdiqlangani haqida ma’lumot yo‘q. Shu sababli mazkur holat bo‘yicha bayonotlar hozircha da’vo sifatida qaralishi lozim.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar