Buxoroda 978 dona noqonuniy dori topildi

1 daqiqa o'qish153
Buxoroda 978 dona noqonuniy dori topildi
Ichki xavfsizlik xizmati matbuot xizmatiga ko‘ra, Buxoroda qalbaki va ruxsatsiz dorilar bilan bog‘liq jinoyat ishi ochildi.
Ichki xavfsizlik xizmati va bojxona boshqarmasi hamkorligida o‘tkazilgan tekshiruvda Buxoro tumanida yashovchi, 1985 yilda tug‘ilgan shaxsning uyi va avtomobilidan 978 dona hujjatsiz va kelib chiqishi noma’lum turli dorilar aniqlanib olib qo‘yildi.

Dorilar orasida Imudon, Tserobrolizin, Dofamin, Maalox va yana 78 xil dori borligi ma’lum qilindi. Gumondor ushbu ishda unga 1962 yilda tug‘ilgan jinoyat sherigi yordam berganini tan oldi.

Sog‘liqni saqlash vazirligining Farmatsevtik mahsulotlar xavfsizligi markazi xulosasiga ko‘ra, dorilarning 32 tasi davlat reyestrida ro‘yxatga olinmagan, 57 tasida moslik sertifikati yo‘q, 6 tasi sifatsiz va 4 tasi qalbaki deb topilgan. Bundan tashqari, dorilar saqlash qoidalariga zid tarzda saqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 243-moddasi 3-qismiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Dorilar Buxoro shahri hamda Shofirkon, Peshku va Romitan tumanlarida sotilgan.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?