Toshkent shahrida fojeali voqea sodir bo‘ldi. Bektemir tumanida 12 yoshli bola tok urishi oqibatida hayotdan ko‘z yumdi. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, bola suvga tegib turgan konteynerga suyanib turganida, kuchli tok urishiga duchor bo‘lgan. Birdaniga baqiriq ovoz eshitilgan, bola yerga peshonasi bilan yiqilgan va shifoxonaga yetib bormasdan vafot etgan.
Hodisa mahallada katta qayg‘uga sabab bo‘ldi. Onasi og‘ir holda, qo‘shnilar esa bu kabi hodisalar qaytalanmasligini istashmoqda. Aholining aytishicha, bola ochiq elektr shitiga kirib ketgan va u yerda tok urishi yuz bergan. Mahalla ahli elektr shiti doim ochiq holda turganini ta’kidlashadi.
Hudud elektr tarmog‘i uchun mas’ul "Eko Hudud BSK" ish boshqaruvchisi Ahror Abdusalomov: "Havo issiqligida tunda shitni ochib suv qo‘yamiz, kunduzi yopib qo‘yamiz", degan. Ammo qo‘shnilar bu gapga ishonmayapti. Ular shit hech qachon yopilmaganini, mas’ullar e’tiborsizligi fojeaga olib kelganini ta’kidlashmoqda.
Hodisa bo‘yicha maxsus komissiya tergov boshladi. Elektr xavfsizligi va nazorat masalalari aholi o‘rtasida yanada jiddiy muhokama qilinmoqda. Mahallada profilaktika ishlarini kuchaytirish talab etilmoqda. Bolaning ota-onasi bu kabi holatlar takrorlanmasligi uchun barcha mas’ullar javobgarlikka tortilishini istashmoqda.
Toshkentda 12 yoshli bola tok urishi oqibatida hayotdan ko‘z yumdi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar