Sun’iy intellekt xavfi ostidagi kasblar ro‘yxati e’lon qilindi

1 daqiqa o'qish453
Sun’iy intellekt xavfi ostidagi kasblar ro‘yxati e’lon qilindi

Microsoft kompaniyasi tomonidan tayyorlangan so‘nggi tadqiqotda, sun’iy intellekt tufayli kelajakda yo‘qolib ketishi mumkin bo‘lgan 40 ta kasb ro‘yxati e’lon qilindi. Tarjimonlar, konsyerjlar, tarixchilar, geograflar, video muharrirlar, veb-dasturchilar va hatto modellar bu xavf ostidagi kasblar qatorida qayd etilgan.

Ushbu ma’lumotga ko‘ra, AI texnologiyasi ayniqsa, ma’lumotlar bilan ishlash, xizmat ko‘rsatish va kommunikatsiya sohalarida ishlaydigan mutaxassislarga katta ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Yangi ro‘yxatda insonning ijodiy qobiliyati yoki to‘g‘ridan to‘g‘ri jismoniy mehnat talab qilinadigan kasblar nisbatan xavfsiz bo‘lib qolmoqda.

Shu bilan birga, Microsoft eng xavfsiz deb topilgan 40 ta kasbni ham taqdim etdi. Ularning orasida hamshiralar, shina o‘rnatuvchilar, quruvchilar va jarrohlar kabi inson omili muhim bo‘lgan yo‘nalishlar bor. Demak, kelajakda AI texnologiyasi rivojlansa-da, inson mehnati talab etiladigan sohalar o‘z ahamiyatini yo‘qotmaydi.

Siz qaysi sohada ishlaysiz? Aytishingizcha, kasbingiz sun’iy intellekt ta’sirida o‘zgaradimi?

Sun’iy intellekt xavfi ostidagi kasblar ro‘yxati e’lon qilindi

Sun’iy intellekt xavfi ostidagi kasblar ro‘yxati e’lon qilindi

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?