O‘qituvchilarni ta’mirlash ishlariga majburlagan direktor 41 million jarimaga tortildi

1 daqiqa o'qish526
O‘qituvchilarni ta’mirlash ishlariga majburlagan direktor 41 million jarimaga tortildi

Andijon viloyatida jamoatchilik e’tiborini tortayotgan yana bir hodisa qayd etildi. Marhamat tumanida joylashgan 42-maktabda o‘qituvchilarni majburiy ravishda ta’mirlash ishlariga jalb etgan direktor lavozimidan ozod etildi, u endi nafaqat ishsiz, balki katta jarimaga ham yuz tutadi.

Mehnat inspeksiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu ta’lim muassasasining rahbari Z.Mamajonova pedagoglarni ta’mirlash ishlariga majburan jalb qilgan. Qaysi asosda, deb so‘raysizmi? Aynan tahdid orqali — “ishlashni xohlamasangiz, dars soatlaringiz kamaytiriladi”, degan.

Inspeksiya 4 avgust kuni o‘rganuv ishlarini olib bordi va natijada sobiq direktorga 41 million 200 ming so‘m miqdoridagi jarima tayinlandi. Bu jarima Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 51-moddasi 2-qismiga asosan belgilangan. Mazkur moddaga ko‘ra, o‘qituvchilarni majburiy mehnatga jalb qilganlik uchun BHMning 100 baravarigacha jarima jazosi ko‘zda tutilgan.

Ayni vaqtda maktabning sobiq direktori endi lavozimda emas. Boshqarma vakillarining ta’kidlashicha, o‘qituvchilar bilan suhbat chog‘ida ta’mirlash ishlari “ixtiyoriy” bo‘lganini bildirishgan. Ammo rahbar o‘z zimmasidagi mas’uliyatni bajarmagani uchun lavozimidan ozod etilgan.

Hodisa ijtimoiy tarmoqlarda ham keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. 2 avgustda tasvirga olingan videolar 3 avgust kuni tarqalib, jamoatchilikning keskin e’tiroziga sabab bo‘ldi.

Endilikda savol tug‘iladi: maktab rahbarlari ta’limning sifatini oshirish bilan emas, devor bo‘yash, pol yuvish, oyna tozalash kabi ishlarga ustozlarni majburlash bilan bandmi?

Har qanday holatda ham ustozlar sha’niga dog‘ tushiruvchi, ularni mehnat huquqlaridan mahrum qiluvchi holatlarga nisbatan murosasiz yondashish — ta’lim tizimida ochiqlik va adolatni ta’minlashda muhim qadam hisoblanadi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?