Farg‘onada yosh yigitning qasosi fojia bilan yakunlandi

1 daqiqa o'qish638
Farg‘onada yosh yigitning qasosi fojia bilan yakunlandi

Farg‘ona viloyatida sodir bo‘lgan qotillikka suiqasd jinoyati mahalliy aholi orasida katta shov-shuvga sabab bo‘ldi. Ma’lumotlarga ko‘ra, 24 yoshli yigit sobiq sevgilisining yaqin qarindoshiga pichoq bilan hujum qilib, uni o‘ldirishga uringan.

Hodisa Buvayda tumanida yuz bergan. Sud ma’lumotlariga ko‘ra, yosh yigit jinoyatga oldindan tayyorgarlik ko‘rgan: mashinasiga sovuq qurol — pichoqni oldindan joylashtirib qo‘ygan. Sobiq sevgilisi allaqachon turmush qurganiga qaramasdan, ayblanuvchi u bilan aloqani uzmagan. Bu holatdan qizning turmush o‘rtog‘i va uning qarindoshlari xabardor bo‘lganidan so‘ng, taraflar orasida keskin mojaro kelib chiqqan.

Qizning qarindoshlari va eri yigitni uchrashuvga chaqirgan. Bir qarashda oddiy suhbat sifatida boshlangan uchrashuv bir necha daqiqa ichida qattiq janjalga aylandi. Asablar dosh bermagan yigit mashinasiga yugurib borib, oldindan olib kelgan pichoqni olgan va erkakka bir necha marta zarba bergan. Pichoq jarohatlari jabrlanuvchining ko‘krak, son va oshqozon qismiga yetgan.

Jabrlanuvchi hayotini mojaroning boshqa ishtirokchilari o‘z vaqtida ko‘rsatgan yordam saqlab qolgan. Agar yordam kechikkanida, voqea o‘lim bilan yakunlanishi ehtimoli juda yuqori edi.

Sud jarayonida aniqlanishicha, ayblanuvchi harakatlarini oldindan rejalashtirgan. Shu sababli unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25 va 57-moddalari (odam o‘ldirishga tayyorgarlik va unga suiqasd qilish) qo‘llanilib, 97-modda asosida aybdor deb topildi.

Sud hukmiga ko‘ra, yigit sakkiz yil muddatga umumiy rejimli koloniyada ozodlikdan mahrum etildi. U jazosini to‘liq o‘tash uchun koloniyaga jo‘natildi.

Mahalliy fuqarolar bu voqeadan qattiq tahlikali xulosa chiqarishmoqda: hissiyotga berilgan bir lahza inson taqdirini butunlay o‘zgartirishi mumkin.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?