Urganchda benzin quyish shoxobchasida yong‘in chiqdi

Urganchda benzin quyish shoxobchasida yong‘in chiqdi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, 8 avgust kuni soat 19:47 da Xorazm viloyati Urganch shahri Jannatmakon ko‘chasida joylashgan avtomashinalarga mobil yoqilg‘i quyish shoxobchasida yong‘in yuz berdi.

Yoqilg‘i tashuvchi avtosisternadan rezervuarga benzin quyish paytida yong‘in chiqqan. 5 ta yong‘in-qutqaruv guruhi soat 19:50 da hodisa joyiga yetib kelib, 19:56 da yong‘inni qurshab olgan va 20:06 da to‘liq o‘chirgan.

Hodisa natijasida mobil sisternadagi 3 tonna benzin yonib ketgan. Jabrlanuvchilar haqida ma’lumot yo‘q. Yong‘in keltirgan zarar va sabablari aniqlanmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar