Farg‘ona viloyatida kontrabanda yo‘li bilan olib kirilgan va noqonuniy ravishda sotilishi rejalashtirilgan tamaki mahsulotlarining oldi olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti ma’lum qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Departamentning Marg‘ilon shahri bo‘limi va Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir chog‘ida, avval sudlangan shaxs — I.I. tomonidan “Navro‘z” mahallasidagi noturar joyda 4 579 qutidan iborat, chet elda ishlab chiqarilgan va aksiz markilarisiz tamaki mahsulotlari saqlab kelingani aniqlangan.
Tekshiruv jarayonida barcha mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan va mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli va tamaki mahsulotlarini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.
Bu kabi holatlarning oldini olish maqsadida hududiy organlar tomonidan nazorat yanada kuchaytirilayotgani qayd etilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!