date

Toshkent viloyatida “Matiz” haydovchisi itni bosib ketdi

Toshkent viloyatida “Matiz” haydovchisi itni bosib ketdi
Toshkent viloyatida sodir bo‘lgan noxush holat jamoatchilik e’tiborini tortdi. Yangiyo‘l shahri hududida hayvonga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish holati qayd etildi. Bu haqda huquq-tartibot idoralari ma’lumot tarqatdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoyozuvda “Matiz” rusumli yengil avtomobil haydovchisi yo‘l chetida yotgan it ustidan hech qanday urinishsiz avtomashinasi bilan o‘tib ketgani aniq ko‘riladi. Videoda haydovchi na to‘xtashga, na hayvondan chetlab o‘tishga harakat qilgani kuzatilmaydi. Bu holat ko‘plab fuqarolarning keskin noroziligiga sabab bo‘ldi.

Hodisa yuzasidan huquq-tartibot organlari tekshiruv o‘tkazdi. Ma’lum bo‘lishicha, haydovchi — 1970 yilda tug‘ilgan fuqaro S.M. ekan. U O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 111-moddasiga asosan javobgarlikka tortildi va unga nisbatan qonun doirasida jazo belgilandi.

Shu bilan birga, rasmiy ma’lumotlarda ta’kidlanishicha, agar hayvonlarga nisbatan bunday shafqatsiz harakatlar yana sodir etilsa, bu holat O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 202(1)-moddasi doirasida ko‘rib chiqiladi. Unga ko‘ra, bu kabi og‘ir huquqbuzarliklar uchun BHMning 50 baravarigacha jarima yoki olti oygacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llanilishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent viloyatida “Matiz” haydovchisi itni bosib ketdi