Andijon viloyatida katta qiymatdagi noqonuniy tovarlarni olib kirishga uringan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat bojxona boshqarmasi ma’lum qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, “Do‘stlik” chegara bojxona posti orqali yurtimizga kirib kelgan “VOLVO” rusumli yuk avtomashinasiga belgilangan tartibda bojxona nazorati o‘tkazilgan.
Tekshiruv davomida yuk kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilmagan, umumiy qiymati 131,2 million so‘m bo‘lgan, taxminan 4 tonna miqdordagi turli tovar-moddiy boyliklar borligi aniqlandi. Ayni paytda holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovgacha bo‘lgan surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar