Turkiyada aldangan o‘zbekistonlik ayol sog‘-omon qaytarildi

1 daqiqa o'qish4.4K
Turkiyada aldangan o‘zbekistonlik ayol sog‘-omon qaytarildi

Turkiyada yuqori maoshli ish va’dasiga ishonib, og‘ir vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayol sog‘-salomat holda Vatanga qaytarildi. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Samarqand viloyatidan bo‘lgan mazkur fuqaro oilaviy nizolardan qochish va yangi hayot boshlash umidi bilan Turkiyaga yo‘l olgan. U ijtimoiy tarmoqlarda o‘zini muvaffaqiyatli tadbirkor sifatida tanishtirgan erkakning shirin va’dalariga ishongan. Unga “malakang yoki til bilishing shart emas, yuqori maoshli ish topib beramiz” degan va’da qilingan. Biroq haqiqat boshqacha chiqdi.

Ayol ishchi vizasisiz olib kirilgan va yo‘l xarajatlarini qaytarish bahonasida uning pasporti olib qo‘yilgan. Keyinchalik esa og‘ir sharoitlarda ishlashga majburlashga urinilgan. Bu holatdan chiqish uchun u O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasiga yordam so‘rab murojaat qildi.

Diplomatik vakolatxona va Migratsiya agentligining Turkiyadagi vakilligi tezkorlik bilan harakatga o‘tib, fuqaroni qutqarish choralarini ko‘rdi. Natijada o‘zbekistonlik ayol sog‘-omon Vatanga qaytarildi. Shu bilan birga, uni aldashga uringan shaxs haqidagi ma’lumot Turkiya huquqni muhofaza qiluvchi organlariga topshirildi.

Bosh konsulxona o‘z murojaatida vatandoshlarga jiddiy ogohlantirish yo‘lladi:
“Aziz fuqarolar! Xorijdagi 'oson pul' va yolg‘on va’dalarga ishonmang. Bunday xavfli yo‘l hayotingizni va salomatligingizni xavf ostiga qo‘yadi. Yaqinlaringiz qadriga yeting va muammolaringizni faqat qonuniy yo‘l bilan hal etishga harakat qiling”.

Bu voqea yana bir bor odam savdosi va yolg‘on va’dalar orqali chet elga ishga yuborish kabi holatlar qanchalik xavfli ekanini ko‘rsatmoqda. Mutaxassislar eslatishicha, xorijda ishlashni istagan har bir fuqaro faqat rasmiy agentliklar orqali, qonuniy yo‘l bilan ishga joylashishi zarur.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?