Istanbul aeroportida hushidan ketgan 19 yoshli o‘zbekistonlik yigit Vatanga qaytarildi

Istanbul aeroportida hushidan ketgan 19 yoshli o‘zbekistonlik yigit Vatanga qaytarildi

Turkiyada sog‘lig‘i yomonlashib, O‘zbekistonga qaytish uchun Istanbul aeroportiga kelganida hushini yo‘qotgan 19 yoshli o‘zbekistonlik yigit davolanib, Vatanga qaytarildi. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Turkiyaga ishlash maqsadida borgan 19 yoshli A.S. sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar sababli mehnat faoliyatini davom ettira olmagan. Shu bois u O‘zbekistonga qaytishga qaror qilib, aviachipta xarid qilgan. Biroq Istanbul aeroportiga kelganida uning ahvoli keskin yomonlashib, hushidan ketgan.

Yigit shoshilinch ravishda Istanbulning Bashakshehir tumanida joylashgan Çam ve Sakura shahar shifoxonasiga olib borilgan. U yerda zarur tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Davolanish bilan bog‘liq xarajatlarning bir qismi Turkiyada yashayotgan saxovatpesha vatandoshlar ko‘magida qoplangan.

Bosh konsulxona va Migratsiya agentligi yigitning ahvolini nazoratga olib, uning O‘zbekistonga qaytishini tashkil etish uchun zarur choralarni ko‘rgan. Tegishli tashkilotlar hamkorligida 19 yoshli fuqaro Vatanga qaytarilgan.

Bosh konsulxona ushbu qiyin vaziyatda qolgan yurtdoshiga yordam bergan barcha saxovatpesha vatandoshlarga minnatdorlik bildirgan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar