Toshkentda bola Malibu haydagani uchun: otasi javobgarlikka tortildi

1 daqiqa o'qish2.4K
Toshkentda bola Malibu haydagani uchun: otasi javobgarlikka tortildi

Poytaxtda savdo markazi avtoturarg‘ohida voyaga yetmagan shaxs Malibu rusumli avtomobilni haydayotgan videolavha ijtimoiy tarmoqlarda katta muhokamaga sabab bo‘ldi. Yo‘l harakati xavfsizligi davlat inspeksiyasi ushbu holat yuzasidan rasmiy izoh berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea Chilonzor tumanidagi Bunyodkor shoh ko‘chasida sodir bo‘lgan. Avvalroq tarqalgan videoda bola avtoturarg‘ohda avtomobilni boshqarayotgani aks etgan.

Huquq-tartibot organlari xodimlari holatni o‘rganib, bolaning shaxsini aniqladi. Shundan so‘ng u va uning ota-onasi profilaktik suhbat hamda protsessual choralar ko‘rish uchun chaqirildi.

Tekshiruv natijasida bolaning otasiga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Unga bolalarni tarbiyalash va nazorat qilish majburiyatlarini bajarmagani uchun Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasi asosida chora ko‘rildi.

Mutasaddilar aholini yana bir bor ogohlantirib, nobalog‘onlarning avtomobil boshqarishi nafaqat qonunbuzarlik, balki hayot uchun jiddiy xavf tug‘dirishini ta’kidlashdi. Shu bois ota-onalar farzandlari ustidan qat’iy nazorat o‘rnatishi lozimligi qayd etildi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?