Andijonda Labo va Malibu-2 to‘qnashdi

26 oktyabr kuni Andijon shahrida Labo va Malibu-2 ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Oqibatda Labo haydovchisi tan jarohati oldi. Bu haqda Andijon viloyati Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, hodisa Bobur shoh ko‘chasida soat 12:40 atrofida yuz bergan. 2004 yilda tug‘ilgan Ya.A. boshqaruvidagi Labo ikkinchi darajali yo‘ldan asosiy yo‘lga chiqishda Malibu-2 ga yo‘l bermagan. Natijada ikki avtomobil to‘qnashgan.
Jarohat olgan Labo haydovchisi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Andijon filialiga murojaat qilgan.
Ayni vaqtda hodisa yuzasidan Andijon shahar IIB Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi xodimlari surishtiruv olib bormoqda.






























Izohlar 0
…