Andijonda uch shaxs ikki erkakni urib do‘pposladi. Ichki ishlar xodimi tomoshabin.

1 daqiqa o'qish1.1K
Andijonda uch shaxs ikki erkakni urib do‘pposladi. Ichki ishlar xodimi tomoshabin.

Andijon viloyati Asaka tumanida sodir bo‘lgan shov-shuvli hodisa jamoatchilikning diqqat markaziga aylandi. Joriy yilning 8 iyun kuni kechki soatlarda 2001 yilda tug‘ilgan X.J., o‘z sheriklari 2003 yilda tug‘ilgan S.M. va 2002 yilda tug‘ilgan O.M. bilan birgalikda 2004 yilda tug‘ilgan X.D.ni maydondagi mojaroda urib, shafqatsizlik bilan do‘pposladi. O‘zaro kelishmovchilik natijasida jabrlanuvchi yengil tan jarohati olgan bo‘lsa, 1997 yilda tug‘ilgan R.B. esa o‘rtacha og‘ir jarohatlandi.

Voqeaning videolari ijtimoiy tarmoqlarda tarqalganida, tomoshabinlar hayratda qoldi: jabrlanuvchilar yerda charchagan holda yotar ekan, ularni qayta-qayta urib va tepib qo‘yishadi. Eng taassuflisi, videoda hodisa joyida Ichki ishlar xodimi formasidagi shaxs ham aks etgan, lekin u zo‘ravonlikka qarshi hech qanday chora ko‘rmagan va tomosha qilib turgan.

Hodisa yuzasidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi. Ularga ko‘ra, jinoyat joriy yilning 8 iyun kuni sodir bo‘lgan va ushbu shaxslar, X.J., S.M. va O.M., Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “g” bandi bo‘yicha ayblanib, shu kunning o‘zida ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.

Tergov harakatlari tez orada tamomlanib, joriy yilning 8 iyul kuni ayblov xulosasi bilan sudga yuborilgan. Asaka tumani sudi tomonidan kecha, 27 avgust kuni, sudlanuvchilar X.J., S.M. va O.M.larga har biriga 3 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinladi.

Shu bilan birga, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hodisa joyidagi Ichki ishlar xodimi nima uchun qo‘l qovushtirib turgani, nima sababdan qarshilik ko‘rsatmagani va unga nisbatan qanday choralar ko‘rilgani haqida aniq ma’lumot bermadi. Bu holat nafaqat mahalliy aholida qo‘rquv va norozilik uyg‘otdi, balki ommaviy tarmoqlarda huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga nisbatan tanqid va savollar yuzaga keltirdi.

Bu fojiali hodisa mahalliy jamoatchilikni zo‘ravonlikka qarshi kurashish va bolalar hamda yoshlar orasida xavfsiz muhitni ta’minlash masalalariga yana bir bor e’tibor qaratishga majbur qildi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?