Andijonda 297 million so‘mlik qalbaki pul tayyorlagan shaxs ushlandi

Andijonda 297 million so‘mlik qalbaki pul tayyorlagan shaxs ushlandi

Andijonda o‘z uyida soxta pul banknotlarini tayyorlab kelgan shaxs qo‘lga olindi. U jami 297 million so‘mlik qalbaki pullarni 148 million so‘mga sotmoqchi bo‘lganida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Ma’lum qilinishicha, qalbaki banknotlar 100 ming va 200 ming so‘mlik kupyuralardan iborat bo‘lgan. Shaxs ularni shartli xaridorga sotayotgan vaqtda Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan to‘xtatilgan.

Tezkor tadbir DXXning Toshkent shahar va Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan. Shuningdek, tadbir davomida gumonlanuvchining yashash xonadoni ham ko‘zdan kechirilgan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar