date

Farg‘onada yer sotishda firibgarlik qilgan rahbar ushlandi

Farg‘onada yer sotishda firibgarlik qilgan rahbar ushlandi

Farg‘ona viloyatida tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq noqonuniy holat aniqlandi. Ma’lumotlarga ko‘ra, mahalliy rahbar tadbirkorga shifoxona hududidan dorixona qurish uchun yer maydoni ajratib berishni va’da qilib, undan 50 ming AQSH dollari talab qilgan.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bag‘dod tumani bo‘limi va ichki ishlar organlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida mazkur shaxsning qilmishi fosh etildi. U fuqaro B.S. orqali “B.F.” xususiy korxonasi rahbari S.N.ning ishonchiga kirib, unga yer maydonini ajratish mumkinligini ma’lum qilgan.

Ushbu shaxs Bag‘dod tumani Guliston massivida qurilayotgan markaziy shifoxona hududidan dorixona uchun yer berilishini va’da qilib, yerning kadastr hujjatlari tayyor ekanini aytgan. Shu bahona bilan tadbirkordan qo‘shimcha 3 ming dollar talab qilgan.

Tezkor tadbir chog‘ida u 1,5 ming dollarni olgan paytda ashyoviy dalillar bilan ushlandi. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar uning qilmishiga chek qo‘yib, dalillarni to‘liq rasmiylashtirdi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov jarayoni Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) asosida olib borilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Farg‘onada yer sotishda firibgarlik qilgan rahbar ushlandi