Toshkentda 354 marta qoida buzgan mashina jarima maydonchasiga tortildi

1 daqiqa o'qish1.3K
Toshkentda 354 marta qoida buzgan mashina jarima maydonchasiga tortildi

Toshkentda haydovchi N.Yu. nomi bilan bog‘liq holat jamoatchilikda katta qiziqish uyg‘otdi. Unga nisbatan Majburiy ijro byurosi Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan jami 370 ta ijro hujjati ish yurituvga olingani ma’lum qilindi. Ushbu hujjatlarning umumiy qiymati 328,7 million so‘mni tashkil etmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, qarzdor fuqaroning asosiy muammosi — yo‘l harakati qoidalarini qayta-qayta buzishi. Aniqlanishicha, 2024–2025 yillar davomida u o‘zining “JETOUR” rusumli avtomobilida 354 marotaba qoidabuzarlik sodir etgan va natijada 258,7 million so‘mlik ma’muriy jarima to‘plangan. Biroq u jarimalarni to‘lashga biror marta ham harakat qilmagan.

Bundan tashqari, hujjatlar orasida 14 ta soliq qarzlari bo‘lib, ularning umumiy qiymati 51,8 million so‘mga yetgan. Shuningdek, “Mikrokreditbank” ATB foydasiga 18,2 million so‘m kredit qarzini undirish yuzasidan ham ikki ijro hujjati kelib tushgan.

Tekshiruv jarayonida ma’lum bo‘lishicha, haydovchi foydalanayotgan “JETOUR” avtomobili kredit asosida olingan va bank garovi sifatida rasmiylashtirilgan. To‘lovlarning bajarilmagani tufayli bu transport vositasiga nisbatan xatlov chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda umumiy miqdori 328,7 million so‘mdan oshgan qarzdorlikni undirish bo‘yicha tegishli ijro harakatlari amalga oshirilmoqda. Mutasaddilar bu holat qoidabuzarlik va to‘lovlarni o‘z vaqtida bajarmaslik qanday og‘ir oqibatlarga olib kelishini yaqqol ko‘rsatishini ta’kidlashdi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?