Toshkent viloyatida tez yordam mashinasiga yo‘l bermagan haydovchi jazoga tortildi

1 daqiqa o'qish251
Toshkent viloyatida tez yordam mashinasiga yo‘l bermagan haydovchi jazoga tortildi

7 sentyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan videolavha jamoatchilikning keskin bahslariga sabab bo‘ldi. Kadrlarda haydovchi tez yordam mashinasiga yo‘l bermagani aniq ko‘ringan. Mazkur holat bo‘yicha Toshkent viloyati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi rasmiy izoh berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea Yangiyo‘l tumani hududida qayd etilgan. Qonun himoyachilari olib borgan surishtiruv ishlari natijasida videoda aks etgan Lasetti haydovchisi aniqlandi.

Erkak o‘z xatti-harakatini shunday izohladi:
“Men ham ish bilan shoshib qoldim. Mashina ichida musiqa juda baland edi, derazalar yopiq turgan. Shu bois sirena va signallarni eshitmadim. Faqat mashina yaqinlashganda tushundim. Xatoning jiddiyligini angladim, bunday holat takrorlanmaydi.”

Huquq-tartibot organlari haydovchiga nisbatan qonunchilikda belgilangan moddalar asosida ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirdi. Shu bilan birga, u bilan profilaktik suhbat o‘tkazilib, yo‘ldagi mas’uliyat va ehtiyotkorlikning ahamiyati tushuntirildi.

Mutasaddilar ta’kidlashicha, yo‘ldagi har bir daqiqaning ahamiyati bor, ayniqsa, tez yordam kabi maxsus xizmat vositalariga yo‘l bermaslik inson hayotiga xavf solishi mumkin. Shu sabab haydovchilardan qoidalarga qat’iy rioya qilish talab etiladi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?