
Kecha, 9-sentabr kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tuman sudida ayolga nisbatan shahvoniy shilqimlik qilgan yigit ustidan ma’muriy ish ko‘rib chiqildi, deb xabar berdi Nemolchi.uz.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 8-sentabr kuni bir ayol ko‘p qavatli uyiga qaytayotganida ortidan 19 yoshli B.T. ismli yigit pod'yezga kirgan. U ayoldan telefon raqamini so‘ragan, rad javobini eshitgach, unga jismoniy tegajog‘lik qilgan.
Ayol qichqirganidan so‘ng u qo‘rqib qochib ketgan. Tez orada huquq-tartibot organlari tomonidan ushlandi. Sudda aybini tan olgan yigitga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-1-moddasiga asosan 5 sutka qamoq jazosi tayinlandi.
Aniqlanishicha, u ilgari ham ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan bo‘lib, rasmiy ro‘yxatga olingan. Mutasaddilar bu kabi holatlar jamiyat xavfsizligiga tahdid solishini ta’kidlab, fuqarolarni hushyor bo‘lishga chaqirmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.