Driftga berilib ketgan kuyovning mashinasi olib qo‘yildi

1 daqiqa o'qish293
Driftga berilib ketgan kuyovning mashinasi olib qo‘yildi

Toshkent viloyatida to‘y marosimi chog‘ida qo‘pol qoidabuzarlik sodir etgan kuyov va yana bir nechta fuqarolarga nisbatan huquqiy choralar ko‘rildi. Bu haqda IIV Jamoat xavfsizligi departamenti ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Olmaliq shahrida kuyov to‘y marosimi paytida o‘zining Vaz-2107 avtomobili bilan drift qilib, yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol ravishda buzgan. Bu holat ko‘pchilikning e’tiroziga sabab bo‘ldi. Kuyov esa qilmishidan afsuslanib: “O‘z to‘yimda bo‘lib qoldi, afsusdaman. Bu holat boshqa takrorlanmaydi”, degan.

Tergov davomida ma’lum bo‘lishicha, qoidabuzarlardan biri o‘z avtomashinasi davlat raqam belgisini boshqa mashinaga o‘rnatib, yo‘lda qonunbuzarlik sodir etgan. Ushbu harakatlar "yo‘l bezoriliklari" sifatida baholandi.

Hozirda barcha haydovchilarga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, jarima qarorlari qabul qilindi. Shuningdek, kuyovning avtomobili jarima maydoniga joylashtirilgan va hujjatlar sudga yuborilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqandda ham to‘y marosimi chog‘ida drift qilib, qo‘pol qoidabuzarlik sodir etgan besh nafar shaxs jazoga tortilgan edi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?