date

Oilali erkaklar uylanmaganlarga qaraganda ko‘proq maosh oladimi?

Oilali erkaklar uylanmaganlarga qaraganda ko‘proq maosh oladimi?

2016-yilgi AQSh statistikasi bo‘yicha eng yuqori ish haqi va soatlik maoshni uylangan erkaklar olgan, deb pikabu.ru xabar berdi. Ular boshqalarga nisbatan ko‘proq ishlagan va har bir soat uchun yuqoriroq haq olgan.

Bu holat turmush qurish va daromad o‘rtasidagi bog‘liqlik haqidagi savollarni uyg‘otmoqda. Inson ko‘proq ishlab topgani uchun uylanadimi yoki uylangandan keyin ko‘proq ishlashga intiladimi?

Tahlilchilarga ko‘ra, oilali erkaklar mas’uliyat bilan yondashadi, kamroq xatoga yo‘l qo‘yadi va ish beruvchilar ularni ishonchli xodim sifatida ko‘radi. Bu esa ularga yuqoriroq daromad keltiradi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Oilali erkaklar uylanmaganlarga qaraganda ko‘proq maosh oladimi?