Navoiyda mast haydovchi 23 bolani tashib, hayotini xavfga qo‘ydi

1 daqiqa o'qish302
Navoiyda mast haydovchi 23 bolani tashib, hayotini xavfga qo‘ydi

Navoiy viloyatida sodir bo‘lgan holat butun ijtimoiy tarmoqlarda katta muhokamalarga sabab bo‘ldi. Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi ma’lumot berishicha, 15 sentyabr kuni Navbahor tumanida olib borilgan profilaktika tadbirlari davomida bolalar hayotiga jiddiy xavf tug‘diruvchi holat qayd etilgan.

Nazoratda bo‘lgan Damas avtomobili to‘xtatilganda haydovchi salonda jami 23 nafar bog‘cha tarbiyalanuvchisini va ularga hamroh bo‘lgan 2 nafar tarbiyachini tashiyotgani aniqlandi. Yana ham ajablanarlisi, haydovchining aytishicha, salonda uning o‘z farzandi ham bo‘lgan.

Holatni yanada og‘irlashtirgan jihat – haydovchi nafaќat mast holda, balki haydovchilik guvohnomasisiz transport vositasini boshqargan. Bu esa nafaqat qonun buzilishi, balki bolalar hayoti uchun juda katta xavf solishi bilan alohida e’tiborga arziydi.

Huquq-tartibot idoralari haydovchiga nisbatan tegishli choralar ko‘rdi. Damas avtomobili vaqtincha jarima maydonchasiga joylashtirildi, haydovchi esa qonun doirasida javobgarlikka tortiladi.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, bu kabi holatlar yo‘l harakati xavfsizligiga jiddiy tahdiddir. Xususan, bolalarni tashishda har qanday qonunbuzarlikning oqibati fojiali tugashi mumkin. Shu bois, nafaqat davlat idoralari, balki ota-onalar ham bolalarni maktabgacha muassasaga olib borishda ishonchli va xavfsiz yo‘llarni tanlashi zarurligi qayd etilmoqda.

Jamoatchilikning fikricha, bu kabi qonunbuzarliklarga nisbatan qat’iy choralar ko‘rilishi va keng targ‘ibot ishlari olib borilishi kerak. Chunki bolalarning hayoti va sog‘ligi eng yuqori qadriyat bo‘lib, unga beparvo qarash jamiyat kelajagiga ham befarqlikni anglatadi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?