Jinoyatchi jasadni qopda olib ketishda fosh bo‘ldi

1 daqiqa o'qish1K
Jinoyatchi jasadni qopda olib ketishda fosh bo‘ldi

Samarqand shahrida inson aqlini lol qoldiradigan holat sodir bo‘ldi. Erkak o‘zining qaynuka pochchasini o‘ldirib, uni qopqa solib qabristonga yashirishga urindi. Ammo mahalla raislarining hushyorligi va tezkor harakati oqibatida jinoyat fosh etildi, deb xabar berdi mahalliy manbalar.

Mahalla raislarining kuzatuvi jinoyatni ochdi

Ma’lumotlarga ko‘ra, 24 avgust kuni soat 05:30 atrofida “Navbog‘chiyon” va “Bo‘ston” mahallalari raislari hududni aylanib chiqish jarayonida ikki shaxs — erkak va ayolning shubhali harakatlarini payqab qolgan. Ular bolalar aravachasida qabriston tomon yo‘l olayotgan bo‘lgan. Biroq aravachada bola emas, balki yelim idishlar orasiga yashirilgan qop borligi aniqlandi. Keyinroq ma’lum bo‘lishicha, qop ichida o‘ldirilgan odam jasadi bo‘lgan.

Mahalla raisi Adham Rahimov voqeani eslab shunday deydi:

“Baklajkalarning orasida shubhali narsa borligini ko‘rib, ularning orqasidan bordim. Qabriston oldida ularni to‘xtatdim. Qarasam, fuqaro o‘z pochchasini o‘ldirib, jasadni ko‘mish niyatida harakat qilgan ekan. Darhol ichki ishlar xodimlariga xabar berdim. Ular esa jinoyatni fosh qildi”.

Jinoyatchi “o‘limni yashirish” bahonasi ortida to‘xtalib qoldi

Tekshiruv jarayonida erkak o‘z qilmishini yashirish uchun “pochcham uyimizga kelgandi, o‘zi o‘lib qoldi. Shuning uchun qabristonga ko‘mmoqchi bo‘ldik”, degan bahonani keltirgan. Biroq voqea joyiga yetib kelgan ichki ishlar xodimlari voqeaning qotillik ekanini aniqladi.

Qahramonlik uchun taqdirlash

Mazkur voqeadan so‘ng Ichki ishlar vazirligi mahalla raislari Adham Rahimov va A’zam Ostonqulovning hushyorligi va jasoratini alohida ta’kidlab, ularni ko‘krak nishonlari bilan taqdirladi. Chunki aynan ularning e’tibori va tezkor xabardorligi oqibatida qotillik yashirin qolmay, o‘z vaqtida fosh etildi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?