Kiyev viloyati prokuraturasi ma’lum qilishicha, o‘zbekistonlik fuqarolarni noqonuniy yo‘l bilan ishga jalb etgan va ulardan foydalangan guruh fosh etildi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur ishga Xitoyning ikki fuqarosi, bir o‘zbekistonlik shaxs hamda ukrainalik ayol aloqador bo‘lgan.
Prokuraturaning protsessual nazorati ostida ushbu to‘rt nafar shaxs hibsga olindi. Ular 13 nafar o‘zbekistonlik fuqaroni majburiy mehnatga jalb qilish maqsadida Ukrainaga olib kelishni tashkil etganlikda ayblanmoqda.
Huquq-tartibot organlari ma’lumotlariga ko‘ra, ular fuqarolarni ish bilan ta’minlashni va’da qilib, amalda esa og‘ir mehnat sharoitida ekspluatatsiya qilishgan. Hozirda tergov jarayonlari olib borilmoqda va ularning qilmishlariga huquqiy baho beriladi.
Majburiy mehnat holati jinoyat qonunchiligida og‘ir jinoyatlar qatoriga kiradi. Ukraina prokuraturasi bu ish yuzasidan alohida nazorat o‘rnatganini ham ta’kidladi.
Ukrainada 13 nafar o‘zbekistonlik majburiy mehnatga jalb etilgani oshkor bo‘ldi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar