Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumanidagi mahallada faoliyat yurituvchi hokim yordamchisi xizmat mavqeidan foydalanib, fuqaroning ishonchini suiste’mol qilgani fosh etildi. U 1996 yilda tug‘ilgan shaxsga tuman hokimligi zaxirasidagi 2,5 gektar sug‘oriladigan yer maydonini 30 yilga ijaraga rasmiylashtirib berishni va’da qilib, 29 million so‘m pul talab qilgan.
Davlat xavfsizlik xizmati, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va ichki ishlar xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda hokim yordamchisi talab qilingan pulni olgan paytda qo‘lga olindi.
Tekshiruv davomida ma’lum bo‘lishicha, u olingan mablag‘ni “O‘zdaverloyiha” institutining “Survilerloyiha” bo‘linmasi muhandisi hamda tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi sho‘basi boshlig‘iga berishi kerak bo‘lgan.
Tezkor harakatlar natijasida mazkur shaxslar ham pulni olayotganda ushlandi. Hozirda ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 211-moddasi (pora olish) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov ishlari olib borilmoqda.
Sariosiyoda 2,5 gektar yer uchun 29 mln so‘m olgan hokim yordamchisi qo‘lga tushdi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar