Bo‘stonliqda 8 bosh lochinni noqonuniy olib chiqishga urinish holati aniqlandi

1 daqiqa o'qish456
Bo‘stonliqda 8 bosh lochinni noqonuniy olib chiqishga urinish holati aniqlandi

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida tezkor va qo‘shma tadbir davomida O‘zbekistondan noqonuniy yo‘l bilan 8 bosh tirik lochin olib chiqishga urinish holati aniqlandi. Bu haqda viloyat bojxona boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilishlaricha, bojxona kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari Davlat xavfsizlik xizmati va Chegara qo‘shinlari harbiylari bilan hamkorlikda olib borilgan tadbirda, avvaldan kuzatuv ostida bo‘lgan shaxs “Oqtosh” qo‘riqlov punktida davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tishga uringan vaqtda to‘xtatib qolindi.

Shaxsning sumkasini belgilangan tartibda va xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirganda, 8 bosh tirik lochin aniqlandi va hujjatlashtirildi. Qushlarni yashirin ravishda olib o‘tishga uringan shaxs ularga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lgani ma’lum bo‘ldi: ko‘z va oyoqlari bog‘lab qo‘yilgan, qanotlari skotchlangan va tor sumkaga sig‘dirilgan edi.

Bo‘stonliqda 8 bosh lochinni noqonuniy olib chiqishga urinish holati aniqlandi

Mazkur lochinlar O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan bo‘lib, hozirda ular Toshkent hayvonot bog‘iga topshirildi. Hodisa yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergov va surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Bu voqea noqonuniy hayvon savdosi va kontrabandaga qarshi kurashning ahamiyatini yana bir bor ko‘rsatib, tabiat va qadrli hujayralarni asrab-avaylash lozimligini ko‘rsatmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?