date

“Uddaburon” erkak aeroportda qimmatbaho buyumlar bilan qo‘lga tushdi

“Uddaburon” erkak aeroportda qimmatbaho buyumlar bilan qo‘lga tushdi
Toshkent xalqaro aeroportida tezkor tadbir o‘tkazilib, noqonuniy tovarlarni yig‘ib olishga uringan shaxs to‘xtatib qolindi. Bu haqda “Toshkent-Aero” IBKning Kontrabandaga qarshi kurashish shu’basi xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarosi “Dubay–Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha uchib kelgan yo‘lovchilarga tegishli bo‘lgan qimmatbaho buyumlarni aeroport hududida yig‘ib, tashib chiqishga uringan.

Uning qo‘lidan umumiy qiymati taxminan 250 million so‘mga teng bo‘lgan 27 grammlik zargarlik buyumlari, 6 dona “iPhone 16 Pro Max” telefonlari, 4 dona changuyutgich va 347 dona flesh-xotira mahsulotlari topildi.

Ayni paytda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Tekshiruvlar natijasiga ko‘ra, shaxsning qilmishiga huquqiy baho beriladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Uddaburon” erkak aeroportda qimmatbaho buyumlar bilan qo‘lga tushdi