Jizzaxda ota farzandining alimenti uchun 125 mln to‘lab xorijga chiqdi

1 daqiqa o'qish1.3K
Jizzaxda ota farzandining alimenti uchun 125 mln to‘lab xorijga chiqdi

Jizzax viloyati Zarbdor tumanida ota o‘z farzandi uchun alimentni oldindan to‘lab, xorijga chiqish huquqini tikladi. Bu haqda Moliya idoraviy byurosi axborot xizmati ma’lum qildi.

Ma’lum qilishlaricha, Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning ijro varaqasiga muvofiq qarzdor A.X.dan undiruvchi S.X. foydasiga voyaga yetmagan farzandi ta’minoti uchun aliment undirish belgilangan edi.

Ijro harakatlari boshlangach, qarzdorning O‘zbekistondan xorijga chiqish huquqi vaqtincha cheklangan. Keyinchalik A.X. davlat ijrochisiga murojaat qilib, kelgusida xorijga chiqish istagini bildirgan.

Zarbdor tumani bo‘limi xodimlari olib borgan huquqiy tushuntirishlar natijasida ota oldindan 125 mln so‘m alimentni to‘lab, chet elga chiqish uchun barqaror ruxsat oldi.

Bu holat ota va farzand huquqlari hamda ijro intizomi sohasida samarali amaliy choralar natijasini ko‘rsatdi. Fuqarolar uchun bunday tizim orqali aliment masalalarida muammolar tez va aniq hal qilinishi mumkinligi namoyon bo‘ldi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?