Turkiya va O‘zbekiston ichki ishlar vazirliklari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida odam savdosida ayblangan ikki nafar fuqaro ushlandi va O‘zbekistonga deportatsiya qilindi. Bu haqda Istanbuldagi Bosh konsulxona xabar berdi.
Ma’lumotga ko‘ra, qidiruvda bo‘lgan ayollar odam savdosi jinoyatida ayblangan: 1962 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan B.M. va 1987 yilda Namangan viloyatida tug‘ilgan N.N.
Konsulxona ushbu shaxslarning harakatlaridan jabr ko‘rgan fuqarolarni O‘zbekiston IIV, uning hududiy bo‘linmalari yoki Istanbuldagi Bosh konsulxonaga murojaat qilishga chaqirdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiyada Sonya laqabi bilan tanilgan yana bir o‘zbekistonlik ayol odam savdosida ayblanib, ushlangandi. U ayni jinoiy guruh tarkibida ayollarni fohishalikka majbur qilganlikda gumon qilingan. Mazkur shaxs ham O‘zbekistonga deportatsiya qilingan edi.
Odam savdosida ayblangan ikki o‘zbekistonlik Turkiyadan deportatsiya qilindi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar