Joriy yil 24 sentyabr kuni Toshkent viloyatining Piskent, Bo‘ka, Bekobod, Quyichirchiq va Oqqo‘rg‘on tumanlaridagi bir qator maktabgacha ta’lim muassasalarida tarbiyalanuvchi bolalar zaharlanishi holatlari qayd etildi.
Mazkur holat bo‘yicha Ichki ishlar bosh boshqarmasi huzuridagi tergov boshqarmasi tomonidan oziq-ovqat yetkazib beruvchi autsorsing kompaniyalari mas’ul shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 257-1-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Tergov jarayoni to‘liq va xolis o‘tkazilishi uchun ish Bosh prokuratura nazoratiga olindi hamda Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari Bahodir Valiyev rahbarligida maxsus ishchi guruh tuzildi.
Hozirda ushbu korxonalar orqali oziq-ovqat mahsulotlari yetkazilgan barcha bog‘chalardagi bolalar to‘liq tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmoqda. Shifokorlar ma’lumoticha, og‘ir yoki o‘ta og‘ir ahvoldagi bemorlar yo‘q, vaziyat to‘liq nazorat ostida.
Prokuratura organlari bunday holatlarning oldini olish maqsadida barcha davlat bog‘chalarida autsorsing orqali oziq-ovqat yetkazib berish jarayonlarini ham o‘rganishni boshladi.
Toshkent viloyatidagi bog‘cha zaharlanishi ishi Bosh prokuratura nazoratiga olindi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar