Bozorlarda 130 tonnadan ziyod mahsulot savdodan olib tashlandi

1 daqiqa o'qish225
Bozorlarda 130 tonnadan ziyod mahsulot savdodan olib tashlandi

O‘zbekiston bozorlarida aholi salomatligiga xavf tug‘diradigan katta miqdorda oziq-ovqat mahsulotlari savdodan olib tashlandi. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi ma’lumoticha, joriy yilning o‘tgan oylari davomida sifati kafolatlanmagan va yaroqlilik muddati o‘tgan 130 tonnadan ortiq mahsulot hamda uy sharoitida tayyorlangan taomlar rasman taqiqlanib, brakovka qilindi.

Qo‘mita izohicha, bunday choralar aholini xavfsiz va sifatli mahsulot bilan ta’minlash, zaharlanish holatlarining oldini olish hamda bozorlarda sanitariya talablarini kuchaytirish maqsadida amalga oshirildi.

Respublika bo‘ylab 300 ta dehqon bozorida Ichki ishlar organlari, soliq inspeksiyalari, veterinariya xizmati va bozor ma’muriyati bilan hamkorlikda doimiy nazorat tizimi joriy etilgan. Shu orqali bir qator qoidabuzarliklar fosh qilindi. Xususan, sanitariya talablariga rioya qilmasdan aravachalarda yoki maxsus kiyimsiz mahsulot sotgan 514 nafar fuqaro aniqlanib, ularga nisbatan ma’muriy bayonnoma tuzilib, jarimalar qo‘llandi.

Tekshiruv jarayonida bozorlarda bir qator tizimli muammolar ham ochiqlandi. Masalan, 111 ta bozorda go‘sht sotish uchun, 158 ta bozorda esa sut va sut mahsulotlari uchun maxsus jihozlangan pavilonlar yo‘qligi qayd etildi. Shuningdek, 27 ta bozorda veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyalari mavjud emasligi, 8 ta bozorda jamoat hojatxonalari va 17 ta bozorda chiqindilarni yig‘ish joylari tashkil etilmagani ma’lum bo‘ldi.

Bundan tashqari, 80 ta bozor suv ta’minoti bilan ta’minlanmagan, 142 ta bozorda esa oqova suvlarni yig‘ish va zararsizlantirish tizimi yo‘lga qo‘yilmagan. Shu bilan birga, 77 ta bozorda dezinfeksiya, dezinseksiya va dezartizatsiya ishlarini amalga oshirish uchun vakolatli tashkilotlar bilan shartnoma ham mavjud emas.

Mutasaddilar ta’kidlashicha, mazkur kamchiliklarni bartaraf etish uchun hududiy ma’muriyatlar va tegishli idoralar oldiga aniq vazifalar qo‘yilgan. Bu esa aholining har kuni sotib oladigan mahsulotlari xavfsizligi va sifatini ta’minlashda muhim qadam hisoblanadi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?