Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Davlatobod tumani bo‘limi va bojxona xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda noqonuniy tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxs ushlandi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, muqaddam sudlangan A.R. ismli shaxsning “Cobalt” rusumli avtomashinasi “Yangiqo‘rg‘on–Namangan” yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan vaqtida to‘xtatilib tekshirilgan.
Ko‘zdan kechirish jarayonida xorijda ishlab chiqarilgan, aksiz markasiz 2 500 quti “Milano New York” va 1 500 quti “Esse Change” nomli sigaretalar noqonuniy savdo maqsadida olib kelinayotgani aniqlandi.
Jami 4 ming quti tamaki mahsuloti ashyoviy dalil sifatida olindi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi va tergov harakatlari olib borilmoqda.
Namanganda 4 ming quti noqonuniy tamaki mahsuloti musodara qilindi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar