Bugun, 5-oktyabr kuni soat 09:06 da Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga “112” tizimi orqali xabar kelib tushdi: Toshkent tumani Binokorlar ko‘chasida joylashgan polietilen ishlab chiqarish zavodida yong‘in avj olgan. Bu haqda Toshkent viloyati FVB axborot xizmati ma’lum qildi.
Voqea joyiga yong‘in-qutqaruv brigadalari soat 09:15 da yetib borib, 09:40 da olovni o‘rab olishga muvaffaq bo‘ldi, va soat 10:04 da yong‘in to‘liq bartaraf etildi. Hodisa natijasida jabrlanganlar borligi yoki tan jarohatlari haqida hozircha ma’lumot berilmagan.
Mutaxassislar yong‘in sabablarini aniqlash va kelgusida bunday favqulodda vaziyatlarning oldini olish uchun tekshiruv ishlarini davom ettirmoqda. Shu bilan birga, korxonada xavfsizlik qoidalariga rioya qilinishini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!