Toshkentdagi xonadonda tungi yong‘in bir kishining umriga zomin bo‘ldi

Toshkentdagi xonadonda tungi yong‘in bir kishining umriga zomin bo‘ldi

24 oktyabr kuni Toshkent shahrining Uchtepa tumanidagi xonadonlardan birida yong‘in sodir bo‘ldi. Fojiali hodisa oqibatida bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, soat 01:33 da Yusuf Sakkokiy ko‘chasidagi turarjoy majmuasida yong‘in chiqqanligi haqida qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan.

Shundan so‘ng yong‘in-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga yetib borib, alangani soat 01:52 da to‘liq bartaraf etgan.

Yong‘in natijasida xonadondagi uy jihozlariga zarar yetgan. Hodisa joyidan bir nafar fuqaroning jasadi topilgan.

Ayni paytda voqea yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Mas’ul organlar yong‘inning kelib chiqish sabablari va boshqa tafsilotlarni aniqlash bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv olib bormoqda.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar