date

Andijonda kanal suvi toshib, bir nechta xonadonlar suv ostida qoldi

Andijonda kanal suvi toshib, bir nechta xonadonlar suv ostida qoldi
11 oktyabr, shanba kuni soat 07:58 da Andijon tumanidagi «Qumko‘cha» mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi SRK-1 mahalliy kanalida suv sathi ortgan. Oqibatda damba va qirg‘oqlardan qisman suv toshib chiqqan.

Natijada bir nechta aholi xonadonlarining tomorqalari suv ostida qolgan. Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lum qilishicha, hozirda Irrigatsiya tarmoqlari boshqarmasi tomonidan kanalga suv uzatish to‘xtatilgan.

Hodisada tan jarohati olganlar haqida ma’lumot kelib tushmagan. Qutqaruvchilar, hokimlik va muhandislik texnikalari joyda tuzatish ishlarini boshlagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Andijonda kanal suvi toshib, bir nechta xonadonlar suv ostida qoldi