O‘zbekistonda “Deadpool” nomli yirik narkotarmoq fosh etildi

1 daqiqa o'qish420
O‘zbekistonda “Deadpool” nomli yirik narkotarmoq fosh etildi

O‘zbekiston bojxona organlari huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda mamlakatda faoliyat yuritgan eng yirik narkotarmoqni fosh etdi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, “Deadpool” nomli Telegram narkodo‘kon 2017 yildan buyon faoliyat yuritib kelgan va 4 mingdan ortiq obunachiga ega bo‘lgan.

Joriy yilning avgust–sentyabr oylarida o‘tkazilgan ko‘p bosqichli tezkor operatsiyalar chog‘ida mazkur tarmoqning yetakchi tarqatuvchilari qo‘lga olindi.

31 avgust kuni Andijon viloyatida qirg‘iz-o‘zbek chegarasi yaqinida 602 gramm “alfa-PVP” sintetik moddasini qabul qilib olayotgan fuqaro ushlandi. Tergov jarayonida u 2023 yildan buyon narkodo‘kon ishchisi ekanini va uch yil ichida 50 kilogrammga yaqin modda tarqatganini ma’lum qildi.

10 sentyabr kuni Toshkent viloyatida o‘tkazilgan “nazorat ostida yetkazib berish” amaliyotida yana ikki fuqaro 492 gramm “klefedron”ni qabul qilayotgan paytda qo‘lga olindi. Ular yarim yil davomida har biri oyiga yarim kilogrammga yaqin sintetik modda tarqatib kelganini tan oldi.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu yetakchi tarqatuvchilarning har biriga bog‘liq kamida o‘n nafar mayda tarqatuvchi — “zakladchik” bo‘lgan. Ular moddalarni asosan Toshkent va Chirchiq atrofidagi bog‘lar hamda ta’lim muassasalari yaqinida yashirish orqali tarqatishgan.

Hozirda bojxona organlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, tergov va tezkor tadbirlar davom etmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?