date

Xususiy klinikalarda litsenziyasiz xizmatlar fosh etildi

Xususiy klinikalarda litsenziyasiz xizmatlar fosh etildi
O‘zbekistonda xususiy tibbiyot tashkilotlari faoliyati ustidan nazorat kuchaytirildi. Prezident qarori asosida Raqobat qo‘mitasi va jamoat tashkilotlari tomonidan 8,5 mingga yaqin klinika tekshiruvdan o‘tkazildi.

Tekshiruvlar davomida ko‘plab muassasalarda qonunbuzarlik holatlari aniqlandi. Jumladan, 27% tashkilot ko‘rsatilgan manzilda faoliyat yuritmagan, 61% da narxnomalar mavjud emas. 20% holatda ma’lumotlar davlat tilida berilmagan.

Aksariyat klinikalar tashqi reklama talablariga rioya qilmagan. Eng muhimi, ayrim klinikalar litsenziyada nazarda tutilmagan xizmat turlarini ham ko‘rsatib kelgan.

Surxondaryo, Toshkent va Farg‘ona viloyatlaridagi bir qator muassasalarda litsenziyasiz faoliyat holatlari qayd etilgan. Ular orasida “SHEROBOD SHIFO MASKANI” va “CHIRCHIQ ZINNURA STOM” kabilar bor.

Raqobat qo‘mitasi ushbu holatlar yuzasidan tegishli idoralarga ma’lumot taqdim etdi. Bundan keyingi faoliyatda ham jamoatchilik nazoratini kuchaytirish rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun, 2024 yilda xususiy tibbiyot tashkilotlari soni 8 343 ta bo‘lgan bo‘lsa, 2025 yil boshiga kelib bu ko‘rsatkich 8 486 tani tashkil etgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xususiy klinikalarda litsenziyasiz xizmatlar fosh etildi