date

Samarqandda Agroinspeksiya xodimi 3 ming dollar pora bilan ushlandi

Samarqandda Agroinspeksiya xodimi 3 ming dollar pora bilan ushlandi
Samarqand viloyatida Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining yetakchi mutaxassisi pora bilan qo‘lga olindi, deb xabar berdi Davlat xavfsizlik xizmati.

U Samarqand tumanidagi fermer xo‘jaliklaridan biri faoliyatini o‘rganish davomida, 50 sotix yer maydonidan foydalanib kelayotgan fuqaro yer unumdorligiga zarar yetkazganini aniqlagan. Ammo unga nisbatan chora ko‘rmaslik evaziga 3 000 AQSH dollari (tahminan 37 million so‘m) talab qilgan va avvaldan 500 dollar (6,1 million so‘m) olgan.

Davlat xavfsizlik xizmati va viloyat prokuraturasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda u qolgan 2 500 dollar (31 million so‘m)ni olgan paytida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi "v" bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan ish qo‘zg‘atilgan. Hozirda u qamoqqa olinib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandda Agroinspeksiya xodimi 3 ming dollar pora bilan ushlandi