date

Turkiyada 830 kilolik narkojinoyatda ayblangan o‘zbekistonlik oqlandi

Turkiyada 830 kilolik narkojinoyatda ayblangan o‘zbekistonlik oqlandi
16 oktyabr kuni Istanbul shahri Bakirko‘y tumanidagi og‘ir jinoyatlar bo‘yicha 17-sud binosida asli Samarqand viloyatidan bo‘lgan 22 yoshli O‘zbekiston fuqarosining ishi yuzasidan navbatdagi sud majlisi bo‘lib o‘tdi.

Sud jarayonida O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi diplomatlari ham ishtirok etdilar. Fuqaromizga nisbatan Turkiyaga noqonuniy narkotik moddalarni olib kirish va ularning aylanmasiga oid og‘ir ayblovlar ko‘rib chiqildi.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, jami 6 nafar shaxs va bir nechta qidiruvdagi gumondorlar Yevropa davlatlaridan Turkiyaga 30 kg kokain va 800 kg psixotrop moddalarni yuk mashinasi orqali olib kirganlikda ayblangan. Vatandoshimiz faqatgina yuk mashinasi joylashgan hudud yaqinidagi ustaxonada ishlagan va operatsiya paytida o‘sha yerda bo‘lganligi uchun ushlangan.

Sudya ishni atroflicha o‘rganib chiqqanidan so‘ng, ushbu shaxsning jinoyatga aloqadorligi aniqlanmaganini inobatga olib, uni ozod qilish haqida qaror chiqardi. Qamoqda saqlash chorasi bekor qilindi va fuqaromiz safdosh deb topildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Turkiyada 830 kilolik narkojinoyatda ayblangan o‘zbekistonlik oqlandi