7 inson hayotini olgan portlash aybdorlari jazoga tortildi

1 daqiqa o'qish182
7 inson hayotini olgan portlash aybdorlari jazoga tortildi

Samarqandda joriy yil may oyida yuz bergan va yetti insonning hayotiga nuqta qo‘ygan portlash ishi bo‘yicha sud hukmi e’lon qilindi.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, fojea Samarqand shahridagi xususiy uyda sodir bo‘lgan. Portlash oqibatida bir oilaning yetti a’zosi halok bo‘lgan, bir necha uy va qurilmalarga katta zarar yetgan.

Tekshiruv jarayonida ma’lum bo‘lishicha, portlashga sabab bo‘lgan gaz tarmog‘i loyiha hujjatlarisiz va xavfsizlik talablariga zid holda o‘rnatilgan. Eng og‘riqlisi shundaki — xonadon egalari bu holat haqida 11 marta tegishli tashkilotlarga murojaat qilgan, ammo ularning birortasiga javob bermaganlar.

Shunday qilib, “Samarqand hudud gaz ta’minoti” korxonasi xodimlarining loqaydligi va mas’uliyatsizligi tufayli gaz oqimi markaziy oqova qudug‘iga siznib, chaqnash oqibatida kuchli portlash sodir bo‘lgan.

Fojea nafaqat bir oilaning hayotini barbod qildi, balki butun mahallada chuqur iz qoldirdi. Ko‘pchilik hali ham o‘sha tunni yodga olarkan, adolat tiklanishini kutib yashaganini aytib o‘tdi.

Sud jarayonida aniqlanishicha, korxonaning to‘rt nafar mas’ul xodimi jinoyatga bevosita aloqador bo‘lgan. Ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 116-moddasi 4-qismi “a” va “b” bandlari asosida ayblov qo‘yilgan. Sud har biriga yetti yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosini tayinladi.

Shu bilan birga, sud qaroriga ko‘ra, “Samarqand gaz ta’minoti” korxonasi fuqarolar oldidagi moddiy javobgarlikni ham zimmasiga oladi. Korxonadan portlash oqibatida zarar ko‘rgan fuqarolar foydasiga qariyb 6 milliard so‘m undiriladi.

Bu ish nafaqat bir fojeaning yopilishi, balki mas’uliyatsizlikning javobi sifatida baholanmoqda. Chunki har bir murojaat, har bir signal o‘z vaqtida eshitilganida, bu yetti inson bugun tirik bo‘lishi mumkin edi.

Muttaxassislar ta’kidlamoqda: gaz tizimidagi har bir xato — inson hayoti bilan bog‘liq. Bunday voqealar takrorlanmasligi uchun tizimda nafaqat texnik, balki insonparvarlik nazorati ham kuchaytirilishi zarur.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?