Qashqadaryoda erkak janjal vaqtida xotinining qo‘lini tishladi

Qashqadaryoda erkak janjal vaqtida xotinining qo‘lini tishladi

Qashqadaryo viloyatida erkak oilaviy janjal vaqtida turmush o‘rtog‘ining o‘ng qo‘lini tishlab, unga yengil tan jarohati yetkazgan. Sud hujjatiga ko‘ra, erkak ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Ma’lum qilinishicha, 1993 yilda Chiroqchi tumanida tug‘ilgan erkak turmush o‘rtog‘i bilan oilaviy masalada janjallashib qolgan. Janjal vaqtida u ayolni haqorat qilib, o‘ng qo‘lini tishlagan.

Sudda erkak qilgan ishidan pushaymonligini bildirgan va xotinidan kechirim so‘ragan. Ayol esa turmush o‘rtog‘iga nisbatan da’vosi yo‘qligini ma’lum qilgan.

Sud erkakning harakatlarini Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 59²-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik bilan bog‘liq huquqbuzarlik sifatida baholagan. Mazkur norma xotiniga yoki eriga qasddan yengil tan jarohati yetkazish uchun jarima yoki ma’muriy qamoq jazosini nazarda tutadi.

Sud qaroriga ko‘ra, erkakka 824 ming so‘m miqdorida jarima tayinlangan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar