Uchtepa tumanida noqonuniy elektron tamaki mahsulotlarining savdosiga chek qo‘yildi. Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchtepa tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, “H.” MCHJga qarashli savdo nuqtasida aksiz markasiz tamaki mahsulotlari sotilayotgani aniqlangan.
Aniqlanishicha, do‘kon sotuvchisi B.E. xaridorga xorijda ishlab chiqarilgan bir dona elektron sigaretni 320 ming so‘mga sotayotgan vaqtda qo‘lga olingan. Do‘konni tekshirish chog‘ida umumiy qiymati 76,7 million so‘mdan ortiq bo‘lgan 18 xil turdagi 880 dona aksiz markasiz mahsulotlar topilib, ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi.
Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!